Jorjino — bunday natija qayd etgan futbol tarixidagi 10-o'yinchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 213

Italiya terma jamoasi safida Evro-2020 g'olibiga aylangan yarim himoyachi Jorjino futbol tarixida kam uchraydigan natijani qayd etdi.
"Chelsi" futbolchisi bir mavsumda ham Evropa chempionati, ham Chempionlar ligasi (Chempionlar kubogi)da g'olib chiqqan 10-o'yinchiga aylandi.
Avvalroq bu natijani quyidagi futbolchilar qayd etishgan edi:
2016 yilda — Krishtianu Ronaldu, Pepe («Real» va Portugaliya terma jamoasi);
2012 yilda — Fernando Torres, Xuan Mata («Chelsi» va Ispaniya terma jamoasi);
1988 yilda — Xans van Brekelen, Ronald Kuman, Berri van Arle, Gerald Vanenburg (PSV va Niderlandiya terma jamoasi);
1964 yilda — Luis Suares Miramontes («Inter» va Ispaniya terma jamoasi).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186