Kellini Evropa chempionati rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellini Evropa chempionatlari rekordini o'rnatdi.
U Evropa chempionatlari finalida o'ynagan yoshi eng katta sardorga aylandi. Angliyaga qarshi bo'lib o'tgan final bahsida maydonga tushgan italiyalik futbolchi kecha 36 yoshu 331 kunlik edi.
Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u vatandoshi Janluidji Buffonning natijasini yaxshiladi. Darvozabon Evro-2012 finalida 34 yoshu 154 kunlik edi.
Kellini 2004 yildan buyon Italiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi. U milliy jamoa safida 107ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187