Igor Sergeev penaltidan gol ura olmagan o'yinda «Aktobe» yutqazdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

Kecha Qozog'iston kubogi guruh bosqichining dastlabki turi doirasida «Aktobe» klubi o'z uyida «Aqjayiq»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.
Mehmonlar bahsning 41-daqiqasida hisobni ochishgan bo'lsa, o'yin tugashiga 15 daqiqa qolganida Igor Sergeev penalti ishlashga muvaffaq bo'ldi. 11 metrli jarima zarbasini amalga oshirgan o'zbekistonlik futbolchi darvozani ishg'ol qila olmadi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi.
Oradan bir daqiqa o'tib "Aqjayiq" yana bir marta "Aktobe" darvozasini ishg'ol qildi va uchrashuvda g'alaba qozondi.
Qozog'iston kubogi. "S" guruhi, 1-tur
«Aktobe» — «Aqjayiq» 0:2 (0:1)
Gollar: Kozlov 41 (0:1), Kozlov 76 (0:2)
Noaniq penalti: Kozlov 40 (darvozabon), Sergeev 75 (noaniq).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191