Italiya bitta Evropa chempionatida ikkita penaltilar seriyasida g'alaba qozongan yagona jamoa
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

Evro-2020 finalida Angliyani penaltilar seriyasida mag'lub etgan Italiya noyob natijani etdi.
Italiyaliklar Evro tarixida bitta turnirda ikkita penaltilar seriyasida g'alaba qozongan birinchi jamoa bo'ldi. Oldinroq yarim finalda Italiya penaltilar seriyasida Ispaniya ustidan g'alaba qozongan edi.
E'tibor bering, shu paytgacha yirik turnirlarda (Evropa chempionati va Jahon chempionati) bitta turnirda ikkita penaltilar seriyasida g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lgan bitta jamoa bo'lgan. Bu — Argentina. Ular 1990 yildagi JChning chorak finalida avval penaltilar evaziga Yugoslaviyani, yarim finalda esa Italiyani mag'lub etishgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206