Gari Lineker: "Oltin to'p" Messining cho'ntagida"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 317

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi va hozirda televidenie mutaxassisi Gari Lineker Argentina terma jamoasini Amerika Kubogidagi chempionlik bilan tabrikladi.
"Argentina terma jamoasini tabriklayman. Shuncha yillik muvaffaqiyatsizlik va kutishdan keyin Messi uchun katta muvaffaqiyat. U ushbu turnirda juda yaxshi ishtirok etdi. "Oltin to'p" uning cho'ntagida. Bu shubhasiz dunyo futboli", - deydi Lineker.
Eslatib o'tamiz, turnirning etti o'yinida Messi 4 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Amerika kubogining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201