Mourino Evro-2020 finali haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Evro-2020 finali oldidan fikrlarini bildirib o'tdi. "Markazdagi kurash asosiy o'ringa chiqadi. Chunki ikkala termaning aynan ushbu pozitsiyadagi futbolchilari juda kuchli. Italiyaning yarim himoyachilari superiqtidorli - Jorjino, Verratti, Barella. Lokatelli va Kristante kabi futbolchilar esa zaxiradan tushib o'yinni kuchaytira oladi. Italiyani to'xtatib qo'yish oson bo'lmaydi. Buning uchun zich o'ynash va himoyada tartibli harakat qilish kerak bo'ladi. Jorjino "Chelsi" va Italiya termasida boshqacha o'yin namoyish qiladi. Final aynan tayanch yarim himoyachilarning harakatlariga ko'proq bog'liq bo'ladi", - dedi mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
147