Samvel Babayan O'zbekiston terma jamoasini mundialga olib chiqishda nima etishmaganini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi, hozirda faoliyatini «Navbahor» murabbiylar shtabidan davom ettirayotgan Samvel Babayan «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov haqidagi ayrim savollarga javob qaytardi.
O'zbekiston terma jamoasidagi faoliyatida etishmagan jihat haqida
Menga o'sha vaqtda hozirgi Eldor Shomurodovdek o'yinchi etishmagan. Bu tajriba, bu atletizm, bu kuch. Avvalgi Eldor va hozirgisi butkul boshqa o'yinchilar — tun va kun. O'sha vaqtda bunday darajadagi o'yinchi faqat Odil Ahmedov edi. Rossiyada chempionlik uchun kurashayotgan, Evropa Ligasida qatnashayotgan «Krasnodar» futbolchisi.
Mundial orzusiga eltuvchi yo'l borasida
Bizga Evropa birinchiliklarida to'p suradigan va terma jamoaga tayyor holda keladigan o'yinchilar etishmaydi. So'nggi vaqtlarda bir jihat xursand qilmoqda, o'zbekistonlik hozirgi yosh o'yinchilarning hammasi Evropada o'ynashni maqsad qilgan. Misol uchun Rossiya o'smirlar yoki yoshlar terma jamoasi a'zolari o'z yurtidan ketishni xohlamaydi. Bizda esa boshqacha intilish: yigitlar Evropano xohlamoqda. Agar bizning futbolchilar muntazam ravishda Evropa milliy chempionatlarida o'ynaydigan bo'lsa, Jahon Chempionatiga chiqish masalasi ijobiy tomonga hal bo'ladi.
Eldor Shomurodovni «Paxtakor»ga olib kelolmagani sababi haqida
«Mash'al»da o'ynab yurgan vaqtdagi 3-4 yil uni «Paxtakor»ga olib kelmoqchi bo'lganman. Afsuski buning uddasidan chiqa olmaganmiz. Chunki «Mash'al» «O'zneftgaz»ga tegishli edi. O'sha vaqtda ularda 5-6 ta jamoa bo'lardi va o'rtamizda doim kurash kechardi. Bu «Mash'al» va «Bunyodkor»ni moliyalashtiruvchi korxona edi. Shu sabab transferga kelganda bizning taklif ancha foydali bo'lsa ham o'tmadi. Bu o'rinda boshqa resurslar ishga tushdi va «Mash'al» tabiiyki uni «Bunyodkor»ga berdi. O'sha vaqtda bu yigitni qo'lga kiritish uchun bizda shunchaki imkon yo'q edi.

Bosh sahifaga
181