Italiyaning olti klubi moliyaviy hamkorsiz qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

Italiyaning olti klubi inqirozli vaziyat tufayli moliyaviy hamkorlar bilan kelishuvga erisha olmayapti. Bu haqda «Calcio e Finanza» xabar berdi.
Koronavirus tufayli ko'plab klublar inqirozli vaziyatni boshdan kechirmoqda. Shu jumladan, «Inter», «Latsio», «Roma», «Sampdoriya» va «Venetsiya» kabi italyan klublari hamkorlarsiz qoldi.
Amaldagi A Seriya chempioni hisoblanmish «Inter» ayni damda «Pirelli» kompaniyasi bilan hamkorlik bo'yicha muzokara olib bormoqda. Kelishuv kamida olti hafta davom etishi aytilgan.
«Roma»ning o'tkan mavsumda klub futbolkalaridagi reklama yozuvlari uchun 11 million evro to'lagan hamkori «Qatar Airways» shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Jamoa hamkorlaridan yana biri Janubiy Koreyaning «Hyundai» kopmpaniyasi ham futbolchilar libosi qo'l qismidagi reklama uchun yiliga 3 million emas, 2 million evro to'lashini ma'lum qilgan.
Klublarning hamkorlar bilan shartnoma tuzolmayotganiga yana bir sabab Evropa Chempionlar ligasida qatnashuvchi «Inter», «Yuventus», «Milan» va «Atalanta»ning haligacha UEFAdan reklama huquqlaridan foydalanish bo'yicha ruxsat olmagani etib ko'rsatilmoqda.

Bosh sahifaga
145