Buffon Evro-2020 finalida kim g'alaba qozonishini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

Italiyaning «Parma» klubi darvozaboni Janluji Buffon Evropa chempionati finali haqida fikr bildirdi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.
Italiyalik 43 yoshli darvozabon birinchi bo'lib gol urish muhimligini ta'kidladi:
«Angliyaga qarshi kechadigan o'yin qiyin bo'ladi. Inglizlarda bir qator yaxshi futbolchilar bor. Lekin havotirlanmayman, asosiy bosim Italiyada bo'lmaydi. Angliya o'z uyida, muxlislari qarshisida o'ynaydi. Ular Italiyaga qaraganda ko'proq narsa yo'qotadi. Birinchi bo'lib gol urib olish juda muhim. Uchrashuvning dastlabki daqiqalariga ko'p narsa bog'liq bo'lishi mumkin».
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185