Rasman! «Neftchi» ikki futbolchi transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Farg'onaning «Neftchi» klubi Navoiyning «Qizilqum» klubi sobiq futbolchisi Oybek Qilichev va serbiyalik futbolchi Aleksandr Eshich bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lumot o'rnida, Oybek Qilichev 1989 yilda Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida tavallud topgan. Ampluasi yarim himoyachi. Shu kungacha Superliganing «Navbahor»,« Andijon »,« Lokomotiv», «Paxtakor» va «AGMK» klublarida faoliyat yuritgan. Futbolchi farg'onaliklar safiga qo'shilishidan oldin birinchi davrani Navoiyning «Qizilqum» jamoasida o'tkazib, 10 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 2 ta gol muallifiga aylangan.
Eshich 1994 yilda Serbiyaning Gorni Milanovats shahrida tavallud topgan. Ampluasi yarim himoyachi. Faoliyati davomida "Borats Chachak"," OFK Belgrad "," Vojdovats" va "Metalats" kabi klublarda to'p surgan. So'nggi jamoasi "Mladost Luchani" tarkibida 32 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 3 marta ishg'ol qilishga erishdi.


Bosh sahifaga
184