Keyn: «Bizda ajoyib imkoniyat bor»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Angliya hujumchisi Harri Keyn Italiyaga qarshi Evro-2020 finali to'g'risida fikr bildirdi.
Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn Evropa chempionati finalidan o'rin olgan Angliya va Italiya terma jamoalari o'yini oldidan uchrashuv haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bizda mamlakat tarixidagi ikkinchi kubokni qo'lga kiritish uchun ajoyib imkoniyat bor. Bolaligimizda shunday lahzalarni orzu qilganmiz — kubokni yuksakka ko'tarish hamda o'z mamlakatimiz bilan chempionlikka erishish. Hozir bizda shunday imkoniyat bor», — dedi Keyn.
Eslatib o'tamiz, Italiya–Angliya uchrashuvi 11 iyul kuni Londondagi «Uembli» stadionida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186