Sautgeyt: «Bizni qiyin o'yin kutib turibdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Evro-2020 finalidagi Italiya terma jamoasiga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.
«Italiyada fantastik jamoa bor. Ular 30 tadan ortiq o'yinda mag'lub bo'lishmadi, bu shunchaki aqlbovar qilmaydigan natija. Italiyada tajribali murabbiy bor, termada katta musobaqalarni yurgan saviyali futbolchilar yig'ilgan. Ularda o'yinni ajoyib tashkil eta olishadi. Oldimizda nihoyatda qiyin vazifa turibdi. Jamoamiz imkon qadar tezroq maydonga tushishni xohlamoqda», - deya Sautgeytning so'zlarini keltirgan UEFA matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, 11-iyul kuni Angliya Italiyaga qarshi 2020-yilgi Evropa chempionati finalida kurash olib borishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203