Messi bir kunda qancha mablag' yo'qotayotgani ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 232

Argentinalik futbolchi Lionel Messi erkin agent maqomida o'tgan har bir kun uchun 100 ming evro yo'qotadi. Bu haqda «Sports.ru» xabar berdi.
Xabarga ko'ra, hujumchi erkin agentga aylanganidan beri jiddiy moliyaviy yo'qotishlarga duch kelmoqda. Futbolchi har kuni 100 ming evro yo'qotmoqda. Uning «Barselona» bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakunlangan.
Ta'kidlanishicha, Lionelning birorta homiysi uning kelajakdagi faoliyati noaniq bo'lsa ham, u bilan hamkorlikni to'xtatmagan.
Ayni paytda forvard Argentina terma jamoasi ixtiyorida, u jamoa sardori sifatida Amerika kubogi finalida Braziliyaga qarshi maydonga tushadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184