UEFA Angliya futbol assotsiatsiyasi jazoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

Evropa chempionatining yarim final bahsidagi Angliya - Daniya uchrashuvidan so'ng, inglizlarning futbol assotsiatsiyasini 30 ming evro miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Angliya futbol assotsiatsiyasiga Daniyaga qarshi o'yinda yuz bergan uchta voqea uchun ushbu jarima belgilangan.
UEFA assotsiatsiyani asosan, ingliz muxlislarining xatti-harakatlari uchun jazolanligi aytib o'tilgan. Ularning ba'zilari o'yin boshlanishidan oldin Daniya madhiyasini buzib ijro etishgan, yana bir holatda esa angliyalik fanatlar tribunalarda mash'alalarni yoqishdi. Shuningdek, muxlislar 104 daqiqada belgilangan penalti vaqtida Daniya terma jamoasi darvozaboni Kasper Shmeyxelning yuziga lazer nurlarini qaratishganligi sabab qilib ko'rsatilgan.

Bosh sahifaga
241