Jiruning "Milan" futbolchisi sifatida tanishtiriladigan kuni ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

Le Parisien xabariga ko'ra, Frantsiya va "Chelsi" hujumchisi Olive Jiru faoliyatini "Milan"da davom ettiradi.
Manbaning xabariga ko'ra, "rossonerilar" frantsuz transferining barcha shartlari bo'yicha kelishib olishgan va tez orada ushbu transferni rasman e'lon qilishadi.
Shuningdek, ta'kidlanishicha, dushanba kuni hujumchi Italiya klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. "Milan" futbolchining transferi uchun 1 million evro to'laydi, qo'shimcha ravishda 1 million evro bonus sifatida o'tkazib beriladi. Jiruning Milan klubi bilan shartnomasi 2023-yilgacha imzolanadi va futbolchining maoshi 4 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225