Manchini: «Angliya jismoniy va texnik jihatdan kuchli»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Evro-2020 finalidan o'rin olgan Angliyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
«Ularga bosim o'tkazishimiz, oxirigacha o'ynashimiz kerak.
Angliya — ajoyib va kurashuvchan jamoa. Ular jismoniy va texnik jihatdan kuchli.
Juda e'tiborli bo'lishimiz, shu bilan birga o'yindan zavqlanishimiz kerak. Keskinlik va stress bilan harakat qilmasangiz, futbol o'ynay olmaysiz. Raqibga bosim o'tkazish va hamma narsadan zavq olish — finalda g'alaba qozonishning yagona yo'li», — deya Manchinining so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Italiya — Angliya o'yini 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 00:0da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274