Sautgeyt: «Shubhasiz, Italiya finalga chiqishga loyiq edi »
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Evro-2020 finalidan o'rin olgan Italiya bilan bahs oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
«Italiya so'nggi ikki yil davomida ajoyib o'ynadi. Ularning rivojlanishini diqqat bilan kuzatdik. Ular fidoyilik bilan o'ynashadi, ajoyib uslub namoyish etishadi. Ularga gol urish har doim qiyin.
Shubhasiz, Italiya finalga chiqishga loyiq edi — ular unga erishish yo'lida ikki eng yaxshi jamoa: Ispaniya va Belgiyani mag'lub etishdi. Shuning uchun bizni qiyin sinov kutmoqda», — deya Sautgeytning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235