Superliga. "Nasaf" voha derbisida "Mash'al"dan ustun keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91

Superliga 9-tur doirasidan o'rin olgan "Nasaf" "Mash'al" uchrashuvi qarshiliklarning OFK kubogi guruh bahslarida ishtirok etganligi munosabati bilan qoldirilgan edi. Ushbu bellashuv bugun Qarshi markaziy stadionida "Nasaf" jamoasi Muborakning "Mash'al" klubini qabul qildi. Bellashuv ishqibozlar nigohida voha derbisi nomi bilan ahamiyatli hisoblanardi.
Shu sababdan ham bellashuv startidayoq har ikkala tomon ham hujumkor o'yin namoyish etishga harakat qilishdi.
8-daqiqada "gazchilar" futbolchisi Akramovning yo'llagan zarbasini mezbonlar darvozaboni A.Ne'matov egallab oldi.
14-daqiqada "ajdarlar"ning sebiyalik legioneri Marko Stanoevich olis masofadan o'z omadini sinab ko'rdi biroq zarba biroz noaniq tus oldi.
16-daqiqada Burchakdan oshirib berilgan to'pdan so'ng mezbon klub futbolchilari raqib jarima maydonchasi ichida mayda uzatmalar orqali harakat qilishdi. G'olib G'aybullaev to'pga so'ngi zarbani berdi va uchrashuvdahisobni ochdi 1:0.
29-daqiqada Muborakliklarning afrikalik legioneri M.Okoroning zarbasini A.Ne'matov egallab oldi.
Birinchi bo'lim kichik 1:0 hisobi bilan mezbonlar foydasiga hal bo'ldi.
47-daqiqada "Nasaf"chilar a'zosi Akmal Mozgovoy qarshi hujumda hisobni o'zgartirishi mumkin edi ammo Akmal to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi va imkoniyatni qo'ldan boy berdi.
63-daqiqada esa mezbonlar xavfli hujum uyushtirishdi. A.Turdialiev qarshi hujumda H.Norchaevni qulay vaziyatga chiqarib yubordi ammo Husaynning zarbasiga aniqlik etishmadi.
O'yin yakuniga yaqin 71-daqiqada "Mash'al" jamoasi hujumchisi Humoyun Murtozaevning zarbasini Ne'matov bartaraf etdi.
Shu tariqa voha derbisi maqomini olgan bahsda yagona gol o'yin taqdirini hal qildi.
"NASAF" – "MASh'AL" - 1:0
Gol: G'olib G'aybullaev 16, - 1:0.
"Nasaf": 35.Abduvohid Ne'matov, 5.G'olib G'aybullaev, 8.Dilshod Saitov, 15.Jo'rabek Mannonov (3.Ja'farjon Karimov, 83), 19.Husayin Norchaev, 20.Suhrob Nurulloev (50.Shohmalik Komilov, 69), 22.Akmal Mozgovoy, 70.Abubakr Rizo Turdaliev (14.Shokir Yo'ldoshev, 69), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov.
"Mash'al": 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Zafarbek Akramov (77.Ibrohim No'monov, 80), 7.Ifeani Ifeani, 8.Ibe Mishel Okoro (13.Shahzod Shaymanov, 70), 11.Samuel Ononivu Chigoze, 15.Muhammadali Aliqulov, 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 20. Xudoyorxon Sagdullaev (10.Humoyun Murtozaev, 46), 27.Muhammadali Yuldashev (18.Abbos Shodmonov, 70), 33.Sirojiddin Allaev, 99.Jahongir Abdusalomov (22.Sirojiddin Qo'ziev, 66).
Ogohlantirishlar: G'olib G'aybullaev 79,
Ma'lumot o'rnida: Ushbu uchrashuv karantin qoidalari sababli muhlislar kirishiga ruxsat etilmadi.

Bosh sahifaga
260