So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Osiyo kubogi-2019 orqali JCh-2022ga tayyorlanish mumkinmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8349
Noyabr oyi o'rtoqlik o'yinlariga boy bo'ldi. Bundan tashqari, Evropa qit'asida yangi formatdagi turnir yakuniy bosqichiga kirib keldi. Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichi o'tkazilmoqda.
Ayni shu o'zgarishlar bois FIFA reytingining dast-labki yuztaligida juz'iy o'zgarishlar kuzatilishi aniq edi. 2018 yil 29 noyabrda e'lon qilingan ro'yxat peshqadamligida yakkahokimlik davom etmoqda.
Belgiya yana kamida 3 oy yakka o'zi jahon futboli reytingini boshqarishi tayin. Amaldagi jahon chempioni Frantsiya bu safar ham 1 ochko kam jamg'argan holda 2-o'rindan joy oldi. Kuchli o'nlikda bundan tashqari faqat bir o'zgarish bor: 5-6-o'rinlardagi Portugaliya va Urugvay termalari bu safar o'rin almashishgan.
Belgiya terma jamoasi yangi o'n yillikda 92ta o'yinning atigi 13tasida mag'lubiyatga uchragan, xolos. Xususan, Roberto Martines boshchiligida Belgiyaning «oltin avlodi» 30ta g'alabaga erishdi.
Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichi davom etayotganligi hamda Madagaskar, Senegal, Tunis va Misrdan so'ng yana 8ta davlatning 17-18 noyabrda mazkur turnir final bosqichiga yo'l olganligi FIFA reytingida o'z so'zini aytdi.
O'zbekiston terma jamoasi fevral oyidagi ko'tarilishga (77-o'rindan 72-o'ringa) hali beri yaqinlasha olmasa kerak. Fevraldan beri jamoa 8ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, ularda 2 g'alaba, 3 durang, 5 mag'lubiyat qayd etgan.
Jahon reytingining dastlabki 50taligida qit'amizdan atigi 3ta, dastlabki 100taligida esa 17ta (o'tgan oyga nisbatan 1taga ko'payish bor) terma jamoa borligi, reytingning 150dan pastdagi o'rinlarida 17ta jamoa joylashganligi vaziyat yaxshi tarafga o'zgarmayotganligidan dalolat. Bu esa OFK mutasaddilarini chuqur o'yga toldirishi kerak. Balki biz ham xuddi Evropa Millatlar Ligasi singari musobaqaga asos solishimiz kerakdir? Shundagina Osiyo jamoalarining ochkolari ko'payarmidi?! Osiyo kubogiga qadar 1 oy vaqt qolganligini, bu orada 24ta terma jamoa o'rtoqlik o'yinlariga zo'r berishini inobatga olsak, yangi yildan so'ng vaziyat yaxshi tomonga o'zgarishi lozim.
O'zbekiston terma jamoasi Osiyoda 14-o'ringa, dunyo reytingida esa 95-o'ringa tushib qolgan. Bu safar Qatar Shveytsariyani mag'lub etgani bois, ular bilan yana o'rin almashishga to'g'ri keldi.
Milliy terma jamoamiz oktyabr oyida 1 durang va 1 mag'lubiyat tufayli 3 ochkodan mahrum bo'lib, bir pog'ona pastladi. 1996 yil noyabr oyida qayd etgan antirekordimiz (119-o'rin) Ektor Kuper davrida yangilanmasligiga umid qilamiz.
Dekabr oyida FIFA kunlari yo'q. Orada o'tkaziladigan o'rtoqlik o'yinlari ham katta o'zgarishlarni keltirib chiqarmasa kerak. Yanvarning dastlabki haftasidayoq start oladigan Osiyo kubogi - Osiyodagi barcha jamoalarga katta imkoniyat demakdir.
Oy yakunlariga ko'ra, qit'amizda o'rinlar bo'yicha eng yaxshi o'sishga Sudan (+8 o'rin) erishgan bo'lsa, ochkolar bo'yicha o'sishda olganda, Gambiya bu oyda boshqacha o'zgarish qila oldi. Rossiya va Benin (-9) o'rinlar bo'yicha hammadan shiddatli qulagan. Millatlar Ligasi guruhining «A» divizioniga chiqa olmaganligi tufayli Rossiyaning qulashi tushunarlidir.
O'rinlar bo'yicha oy davomida eng katta o'sishga erishgan jamoalar: 1. Sudan (+8 o'rin). 2-3. Marokash, Gambiya (+7 o'rin). 4-7. Serbiya, Chexiya, Kosovo (+6 o'rin).
O'rinlar bo'yicha oy davomida eng katta qulash qayd etgan jamoalar: 1-2. Rossiya, Benin (-7 o'rin). 3. Madagaskar (-6 o'rin) 4-10. Chernogoriya, Zambiya, Zimbabve, Malavi, Botsvana, Janubiy Sudan, Timor-Leshte (-5 o'rin).
Ochkolar bo'yicha oy davomida eng katta o'sishga erishgan jamoalar: 1. Gambiya (+19 ochko). 2-3. Marokash, Angola (+18 ochko). 4-5. Mozambik, Liberiya (+16 ochko).
Ochkolar bo'yicha oy davomida eng katta qulash qayd etgan jamoalar: 1. Tunis (-22 ochko). 2. Benin (-20 ochko). 3. Burkina-Faso (-19 ochko). 4-5. Zambiya, Zimbabve (-16 ochko). 6. Madagaskar (-15 ochko).
OK-2019 guruhlaridagi jamoalarning reytingdagi o'rinlari va shu asosda kelib chiqadigan guruhning o'rtacha reytingi.
FIFA reytingining so'nggi tal-qini asosida, qaysi guruhda keyingi bosqichga chiqishda o'ta qiyin kurash kechishi ehtimolini chamalab ko'ramiz. Biz har bir terma jamoalar reyting o'rinlarini umumlashtirib ko'ramiz.
«B» guruhi. O'rtacha reyting: 80.75. Avstraliya (41), Suriya (74), Falastin (99), Iordaniya (109)
«C» guruhi. O'rtacha reyting: 83.5. J.Koreya. (53), Xitoy (76), Qirg'iziston (91), Filippin (114)
«E» guruhi. O'rtacha reyting: 88. S.Arabistoni (69), Qatar (93), Livan (81), KXDR (109)
«D» guruhi. O'rtacha reyting: 88. Eron (29), Iroq (88), Vetnam (100), Yaman (135)
«F» gruhi. O'rtacha reyting: 88.75. Yaponiya (50), O'zbekiston (95), Ummon (83), Turkmaniston (127)
«A» guruhi. O'rtacha reyting: 101,75.BAA (79), Tailand (118), Hindiston (97), Bahrayn (113)
Qatar terma jamoasi 14 noyabr kuni Shveytsariyaning Lugano shahrida mezbonlarni 1:0 hisobida taslim etdi. Yagona gol mualifi Akrom Afif bo'ldi. Oradan 5 kun o'tib, Belgiyaning Eypen shahrida Islandiya bilan 2:2 hisobida durang qayd etishdi. 2017 yil 14 noyabrda ham bu ikki jamoa o'zaro Doxada uchrashgan va o'shanda 1:1 hisobi qayd etilgandi.
JCh-2022 yo'lida. Futbol jurnalisti, O'FAda mas'ul boshqarmalardan birida ishlagan mutaxassis Nodirxo'ja Yuldashevning yozishicha, O'zbekiston terma jamoasining ayni holati JCh-2022 qur'asiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Uning fikricha, jamoa Osiyo kubogida yuqori sakrashni amalga oshira olmasa, O'zbekiston asosiy savatchada bo'lmaydi va birinchi bosqichning o'zidayoq Eron, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, BAA va Suriya jamoalaridan biri bilan bir guruhdan joy olishi mumkin.
Hammasidan ham ayanchli bo'lishi mumkin bo'lgan holat shuki, 1-bosqichdan bor-yo'g'i bitta jamoa keyingi bos-qichga o'tadi. 8ta guruhdan 4ta eng yaxshi ikkinchi o'rinni qayd etgan terma jamoada ham imkoniyat bo'ladi.
Yagona talab qilinadigani - Osiyo kubogi-2019da yarim finalga etib borish. Shundagina FIFA reytingida dastlabki sakkiztalikka kirish imkoniyati bo'ladi, agar asosiy ta'qibchimiz sovrindorlar qatoridan joy olmasa, albatta.
JCh-2018 saralash bahslari oldidan o'tkazilgan qur'a tashlash marosimidan avval FIFA reytingi quyidagicha ko'rinish olgandi: Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, O'zbekiston. Eng qizig'i, OK-2015 g'olibi Avstraliya 10-o'rinda bo'lgandi.
FIFA REYTINGI (ofk bo'yicha)
T|r Sakrash| Terma Ochko Ochko
qulash farqi (+|-)
29 +1 Eron 1481 3
41 +1 Avstraliya 1436 4
50 0 Yaponiya 1414 5
53 0 J.Koreya 1405 4
69 +3 S.Arabistoni 1335 1
74 0 Suriya 1322 2
76 -1 Xitoy 1317 0
79 +2 BAA 1309 4
81 +1 Livan 1296 -4
83 +1 Ummon 1291 4
88 +1 Iroq 1271 1
91 -1 Qirg'iziston 1264 -4
93 +3 Qatar 1258 10
95 -1 O'zbekiston 1251 -3
97 0 Hindiston 1240 -5
99 0 Falastin 1236 3
100 +2 Vetnam 1224 4
109 +1 KXDR 1196 5
109 +3 Iordaniya 1196 7
113 0 Bahrayn 1178 -4
114 +2 Filippin 1176 5
118 0 Tojikiston 1161 0
118 +3 Tailand 1161 7
124 0 Xitoy Taypeyi 1134 -5
127 +1 Turkmaniston 1120 0
135 -4 Yaman 1106 -6
139 +2 Myanma 1085 5
141 +3 Gonkong 1078 7
147 -2 Afg'oniston 1068 0
152 -1 Maldiv 1046 -3
158 -1 Kuvayt 1018 -2
160 0 Indoneziya 1003 -1
162 -1 Nepal 1001 0
165 0 Singapur 991 0
167 +2 Malayziya 984 10
172 -2 Kambodja 970 -3
183 +1 Makao 925 0
184 -3 Laos 923 -14
186 +2 Butan 917 0
188 -2 Mo'g'uliston 915 -8
192 +2 Guam 907 0
192 +2 Bangladesh 907 0
195 +1 Bruney 903 0
196 -5 Timor-Leshte 900 -10
199 0 Pokiston 888 -2
201 0 Shri-Lanka 886 0
Eslatib o'tamiz, navbatdagi FIFA reytingi 2018 yil 20 dekabrda e'lon qilinadi.