"Liverpul" muxlislari uchun xushaxabar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 343

Goal nashri xabariga ko'ra Van Deyk, Gomes va Matip safga qaytishga yaqin turibdi. Uchala futbolchi ham keyingi hafta jamoa bilan birga Avstriyaga o'quv-mashg'ulot yig'iniga boradi.
Van Deyk va Gomes ikkalasi tizzasidan jarohat olishgandi. Birinchisi oktyabrdan beri, ikkinchisi noyabrdan beri o'ynamayapti. Matip to'pig'idan jarohat olib, yanvar oyida maydonga tusha olmadi.
Himoyachi Trent Aleksandr-Arnold ham mavsum boshlanishiga qadar tiklanishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235