Jorjinoning agenti futbolchining transfer narxini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

«Chelsi» yarim himoyachisi Jorjinoning agenti Joau Santos futbolchining transfer qiymatini aytib o'tdi.
«Agar, Jorjinoni sotib olmoqchi bo'lgan klublar bo'lsa, uning narxi taxminan 50 million evroni tashkil etadi. Ammo, yaqin kelajakdagi vazifamiz - Marina Granovskaya bilan «Chelsi» bilan shartnomasini uzaytirish borasida suhbatlashish. Menga allaqachon boshqa klublardan bir nechta qo'ng'iroqlar bo'lgan. Ehtimol, bu Jorjinoning karerasidagi eng muhim tanlov bo'ladi», - deya agentining so'zlarini keltiradi AS nashri.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli yarim himoyachining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil iyunigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191