Konte Angliyaning ojiz tomonini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

"Inter", "Yuventus" va "Chelsi" jamoalarining sobiq ustozi Antonio Konte Evro-2020 finali oldidan Angliyaning zaif joyini aytdi.
"Angliyaning ojiz tomoni shundaki, agar ularning himoyasi orqaroqqa qaytayotganda bosim ostida bo'lsa,ular bosimdan qochish borasida Ispaniyaga o'xshab o'ynamaydilar. Italiya o'yinning turli daqiqalarini o'qish bo'yicha o'z tajribasini namoyish qilishi kerak. Albatta, bizda stadionda muxlislar kamroq bo'ladi, ammo Angliyada ancha ko'p. Finalda o'ynash nimani anglatishini bilamiz.Italiya Angliayni qanday mag'lub etishni biladi", - deya mutaxassis so'zlarini keltiradi Football Italia.
Evro-2020 finali 11-iyul yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
204