"Atalanta" "MYu" va "Barselona" qiziqayotgan futbolchisini sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 204

"Atalanta" himoyachisi Kristian Romero jamoasini o'zgartirishi mumkin. "Barselona" va "Manchester Yunayted" futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Italiya matbuoti xabar berdi.
"Atalanta" 23 yoshli argentinalik bilan xayrlashishga tayyor, ammo juda katta summa evaziga. Bergamo klubi futbolchiga xaridorlardan 60 million evro talab qiladi.
Qizig'i shundaki, Romeroga bo'lgan huquq "Yuventus"ga tegishli, ammo bu yozda "Atalanta" futbolchini atigi 16 million evroga sotib olishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202