La Liga prezidenti: «Messi yangi mavsumni «Barsa»da boshlamasa kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

La Liga prezidenti Xaver Tebas «Barselona» va Lionel Messi o'rtasidagi vaziyat borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Messi La liganing yangi mavsumini "Barselona"da boshlaydimi yoki yo'qmi, bilmayman. Agar jamoa hech kimni sotmasa, buning imkoni yo'q.
Maoshlarga o'rnatilgan cheklov — masalaning bir tomoni. Boshqa tomondan, klub «1x4» qoidasi tufayli o'yinchilar bilan shartnomani uzaytira olmaydi. Unga ko'ra, jamoa ishlab topgan daromadining faqat to'rtdan bir qismini maoshlarga sarflashi mumkin», – dedi Tebas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266