Shvetsiyalik hujumchi Saudiya klubi safiga borib qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Shvetsiyalik hujumchi Robin Kvayson «Al-Ittifoq» klubi bilan shartnoma imzoladi. Kelishuvning uch yilga mo'ljallangani aytilmoqda.
Qayd etish kerak, hujumchi Bundesligada ancha yaxshi mavsumni o'tkazdi. O'tgan mavsumda u «Maynts» tarkibida ettita gol urgan, bundan oldingi mavsumda esa 13 ta. U Evropa chempionatida Shvetsiya tarkibida o'tkazgan o'yinlari orqali muxlislarga yaxshigina tanish.
«Maynts» eng yaxshi futbolchilaridan biriga maosh to'lashda qiyinchiliklarga duch keldi. Shartnoma muddati tugagandan so'ng, Kvayson yangi klubiga bepul qo'shilganini ham ta'kidlash kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272