Kichik voha derbisida jangovor durang qayd etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

U-21 birinchiligining qoldirilgan 8-tur doirasidan o'rin olgan “Nasaf” - “Mash'al” uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq jangovor tarzda boshladi. muborakliklar to'purari Asadbek Jo'raqulov penaltidan unumli foydalanib, jamoasini oldinga olib chiqdi - 0:1. Birinchi bo'lim so'ngida Ozodbek Rajabov oradagi farqni qisqartirdi - 1:1.
Ikkinchi bo'limning daslabki daqiqalarida Otajon Niyazmetov va Dilshod Berdievlar hisobni - 3:1 ko'rinishiga keltirishdi. Ikkinchi bo'limning qo'shib berilgan daqiqalarda Ruslan Hojiev qahramonga aylandi. U 90+1 va 90+2-daqiqalarda o'z dublini nishonlab, "Mash'al"ni jangovor durang qayd etishiga sababchi bo'ldi — 3:3. Shu tariqa, kichik voha derbisida jangovor durang qayd etildi.
U21-birinchiligi, 8-tur
«Nasaf» – «Mash'al» - 3:3
Gollar: A. Jo'raqulov 27 (pen), O.Rajabov 45+3, O. Niyazmetov 50, D. Berdiev 59, R. Hojiev 90+1,90+2
«Nasaf» U-21: 75. Shahzodbek Suyunov, 6. Murodbek Rahmatov, 28. Sardor Sadullayev, 40. Bekjon Rahmatov, 42. Ozodbek Rajabov, 48. Dilshod Berdiyev, 55. Shahzod Akramov, 60. Otajon Niyazmetov, 67. Shahboz Nuriddinov, 71. Jasur Jumaev (S), 98. Jasur Shodmonqulov
«Mash'al» U-21: 30. Asrbek Yo'ldoshev,6. Abdumalik Norqobilov (S),25. Islom Aslbekov, 29. Asliddin Rahimov, Husniddin Mahmudov, 66. Saidahror Sotvoldiev,67. Zoyirjon Tursunov, 69. Xushnudbek Bozorov, Ibrohim Numonov, 88. Asadbek Jo'raqulov, 7. Ruslan Hojiev

Bosh sahifaga
236