So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Grizmann osiyoliklarni yoqtirmaydi(mi)?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239
Yaqin kunlarda jahon futboli ommasining e'tiborini tortgan voqealardan bir – bu «Barselona»ning 2019 yilda Yaponiya bo'ylab uyushtirgan safari bo'ldi. U erda frantsiyalik hujumchi Antoni Grizmann ham bor edi. Tokio shahrida klub joylashgan mehmonxonada Grizmann, jamoadoshi Usmon Dembele bilan olgan videosi tarmoqarda tarqalishi ko'pchilikning e'tiroziga sabab bo'ldi. Unda bu ikki futbolchining mehmonxonada televizor ta'mirlayotgan ishchilar ustidan kulayotgan holati aks ettirilgandi.
Buning oqibatida Yaponiyaning mashhur videoo'yin ishlab chiqaruvchi kompaniyasi «Konami» Grizmann bilan imzolangan shartnomasini bekor qildi. Ushbu video 2019 yilda jamoaning Osiyo bo'ylab mavsumoldi safari chog'ida olingan edi. Videoga «Daily Mail» nashrida qoldirilgan foydalanuvchi izohida«Shu qiliqlaringizdan keyin PES (Pro Evolution Soccer) o'ynashga qanday jur'at qilasizlar?» deyilgan edi. Birgina fikrdan ularing sal'biy ish qilanini bilish qiyin emas.
Dembele videoda ishchilarga qarata ularni tilini masxaralab: «Qaysi tilda gaplashayapsizlar, shu ham til bo'ldiyu», «O'zi mamlakatingiz texnik taraflama sizlarni o'qitganmi yoki yo'qmi?» kabi so'zlar bilan ularni erga urgan.
Voqea videosi tarmoqlarda tarqalib, omma xabar topgach Grizmann bu ishi uchun uzr so'rab, irqchilik va kamsitish niyatida bo'lmaganini ta'kidlagan bo'lsa ham ham, u endilikda ishi tufayli o'z hamkorlarini yo'qotishda davom etmoqda.
U bir necha oy ilgari «Konami» kompaniyasi bilan brend elchisi bo'lish borasida shartnoma imzolagandi. Qoalversa, Pesning keyingi ceriyalari uchun ramz bo'lishi ham ko'zda tutilgandi. Biroq, tarqab ketgan videodan xabar topgan kompaniya vakillari hamkorlikni darhol to'xtatishga qaror qilishdi. «Bunday ahmoqona va milliy g'ururga teguvchi harakat namoyish etgan futbolchi bilan insoniylik jihatdan hamkorlikni to'xtatamiz» deyiladi muassasa bayonotida. Darhaqiqat, voqea o'z vaqtida Butun Osiyoda keng muhokamalarga sabab bo'lgan. Ko'plab yapon xalqi, futbolchiga qilmishi uchun chora ko'rilishini talab qilgan. Keltirilishicha, yaponlarga futbolchilarning yapon tili bilan bog'liq noxush fikrlari qattiq ta'sir qilgan. Boz ustiga, «Konami» bilan hamkorlik Grizmanning o'ziga ham mumaygina daromad olib kelardi. Birgina notog'ri harakat bilan Grizmann obro'sizlanib qoldi.
Mojarolarning klub bilan bog'liq sal'biy taraflari ham mavjud. Xususan, «Barsa»ning asosiy titul homiysi bo'lgan «Rakuten» kompaniyasi bosh ijrochi direktori Hiroshi Mikitani o'zining Twitter'dagi sahifasida shunday post yozgandi: «Klub homiysi va turnirlar tashkilotchisi sifatida men futbolchilarning bu harakatini mutlaqo qoralayman. Ularning bunga haqqi yo'q edi! »Barselona« klubi falsafasini hurmat qiluvchi va klub homiysi sifatida ham shu narsani yana qaytaraman. Biz hodisa yuzasidan rasmiy ravishda norozilik bildiramiz. Klubning bu borada javobini kutib qolamiz».
«Barselona» hozirga kelib og'ir moliyaviy ahvolda qolgan. Tabiiyki, moliyaviy jihatdan homiysini yo'qotish klubga qattiq ta'sir qiladi. «Rakuten» esa futbolchilar maoshi borasida qo'shimcha yordam ko'rsatayotgan edi.
Albatta, Grizmann va Dembelening qilmishini har qanaqasiga oqlab bo'lmaydi. Lekin ular o'z xatosini tushunib etgani va omma oldida kechirim so'ragani tahsinga sazovor...
Jaloliddin ISMATOV