Fakt! Angliya Italiyani so'nggi 6 o'yindan buyon mag'lub eta olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Xabaringiz bor, Evro-2020 finali doirasida Angliya Italiyaga qarshi kurash olib boradi.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, inglizlar italyanlarga qarshi juda yomon ko'rsatkichga ega.
«Uch sherlar» «Skuadra Adzurra»ga qarshi rasmiy o'yinlarda 1977 yil noyabr oyidan beri g'alaba qozona olmay keladi. Bu xunuk seriya Angliya uchun oltita o'yinga etgan.
Eslatib o'tamiz, inglizlar va italyanlarning kubok uchun janggi 11 iyul, yakshanba kuni Londondagi «Uembli» stadionida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193