Daniya bosh murabbiyi: "Uslubimizga sodiq qoldik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Daniya bosh murabbiyi Kasper Yulmand Angliya bilan muvaffaqiyatsiz o'yindan so'ng intervyu berdi. Daniyaliklar 1:2 hisobida yutqazib, Evropa chempionati finaliga chiqa olmadilar. Daniya tarkibida yagona golni Mikkel Damsgor urdi.
“Yigitlar ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Raqib chindan ham kuchli jamoa. Ushbu Evroda biz hujumkor o'yin qildik, ko'plab gollar urdik, uslubimizga sodiq qoldik. Angliya bilan o'yinda biz qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik, maydonda bor kuchimizni berib o'ynadik. Biroq ma'lum holatlar Daniyaning yana bir qadam tashlashiga to'sqinlik qildi ", - deya UEFA rasmiy sayti murabbiyning so'zlarini keltiradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
177