O'zbekiston U17 qizlar jamoasi CAFA U-17 Women's Championship 2021 g'olibiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

O'zbekiston U17 ayollar terma jamoasi Tojikistonda o'tkazilgan “CAFA U-17 Women's Championship 2021” xalqaro turniri g'olibiga aylandi.
Qizlarimiz musobaqa doirasida Tojikiston bilan durang o'ynab, so'ngra Eron va Afg'oniston ustidan g'alaba qozonishdi. Natijada Sanjar Xanjariev shogirdlari 7 ochko bilan g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Eronlik qizlar 6 ochko bilan 2-o'rinni egallashgan bo'lsa, mezbonlar 4 ochko bilan 3-o'rinni band etishdi. Barcha bahslarda yutqazgan afg'onistonliklar so'nggi pog'onada qolishdi.
O'zbekiston U17 ayollar terma jamosi sardori Leyla Rustullaeva 6 ta gol bilan musobaqa to'purariga aylandi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
295