So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Evro-2020. Angliya - Daniya o'yinidan hakam penalti belgilab, xatoga yo'l qo'ydimi? (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152
Evropa chempionatining yarim final bosqichidan o'rin olgan Angliya va Daniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda qiziq holat yuzaga keldi.
Bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangach, hakam jamoalarni qo'shimcha bo'limlarga taklif etdi. Qo'shimcha bo'limning dastlabkisi tugash arafasida esa niderlandiyalik referi Danni Makkeli Daniya darvozasi tomon penalti belgiladi.
Angliya termasi hujumchisi Sterling o'ng qanot bo'ylab raqib jarima maydoniga kirib bordi va penalti ishladi. Rahim hujumga o'tayotganida maydonning o'sha qismida ortiqcha to'p yotgandi. Qiziq tomoni, angliyalik futbolchi hujumchi o'sha paytda ortiqcha to'pning yonidan yugurib o'tib ketdi. Hakamlar esa o'yinni to'xtatishmadi va vaziyat penalti bilan tugadi. Xo'sh, hakamlar bu vaziyatda xatoga yo'l qo'yishdimi?
O'yin qoidalariga murojaat qilamiz. Qoidaning "O'yinchilar" deb nomlangan bobida maydonda ortiqcha shaxslar, begona buyumlar (jumladan, ortiqcha to'p) va hayvonlar (bir so'z bilan ularning barchasi "begona faktor" deya nomlangan) paydo bo'lsa, hakam qanday qaror chiqarishi kerakligi haqida yozib qo'yilgan.
Unga ko'ra, begona faktor o'yinga aralashsagina hakam o'yinni to'xtatishi kerak. Begona jism o'yinga ta'sir ko'rsatmasa, o'yin to'xtagan paytda u maydonda olib tashlanishi zarur.
Qoidaning davomida:
"Agar to'p darvoza tomon harakatlanayotgan bo'lsa hamda begona faktor himoyalanayotgan jamoaning to'pni o'ynashiga xalal bermasa va to'p darvozaga kirsa (hatto to'p bilan kontakt bo'lsa ham) gol inobatga olinadi", deya yozib qo'yilgan.
Biz ko'rib chiqayotgan vaziyat penalti bilan yakunlandi. Ushbu hujum gol bilan yakunlanganda ham, u inobatga olinar edi.
Demak, niderlandiyalik hakam, maydonda ortiqcha to'p borligiga qaramay, o'yinni to'xtatmasdan to'g'ri qaror qabul qilgan.