Venger Sterling bilan bo'lgan epizod haqida qanday fikrda?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Angliya Evro-2020 yarim finalida Daniyani 2: 1 hisobida mag'lub etdi. Hal qiluvchi gol 104-daqiqada Xarri Keyn tomonidan urildi. Angliyalik forvard 11 metrlik jarimani golga aylantira olmadi, biroq qaytgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi.
«Arsenal» ning sobiq ustozi Arsen Venger daniyaliklar darvozasiga belgilangan penalti noto'g'ri bo'lganligi haqida fikr bildirdi.
"Bu penalti emas va nima uchun VARdagi hakamlar bosh hakamdan epizodni o'zi tomosha qilishni so'ramaganini tushunmayapman. Bunday muhim daqiqalarda hakam o'z qaroriga ishonishi kerak", - dedi sobiq "Arsenal" ustozi.
Eslatib o'tamiz, Daniyani mag'lub etgan Angliya terma jamoasi o'z tarixida birinchi marta Evropa chempionati finaliga chiqdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
154