Angliya futboli uchun tarixiy kun.
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Garet Sautgeyt shogirdlari Angliyani tarixda ilk bor Evropa chempionati finaliga olib chiqishdi. O'yin shiddatli o'tgan bo'lsa ham unda jamoalar oddiyroq usullardan foydalanishdi, ammo xavfli vaziyatlar birinchi yarim finaldan kam bo'lmadi. Birinchi bo'lib aynan Daniya hisobni ochgani o'yinning stsenariysini yanada qiziqarli tus olishiga sabab bo'ldi. Agar inglizlar birinchi bo'lib gol urganda bu yog'iga pragmatik o'yin guvohiga aylanar edik katta ehtimol.
Sterlingning penaltisiga keladigan bo'lsak, penalti belgilash uchun hakamda asos bor edi, chamamda. Rahim hakamlarning penalti belgilashi haqidagi qarorlarni yoddan biladigan futbolchi va u yiqilishdan oldin raqib bilan kontaktga bordi. Sekinlashtirilgan kadrda vaziyat jiddiy emasdek ko'rinishi mumkin. Ammo real holatda bu kontakt yiqilish uchun etarli bo'ldi. Keynning zarbasidan so'ng Kasperning seyvi u penaltilar seriyasiga qanchalik tayyorligini ham ko'rsatib turgandi. Ammo penaltilar seriyasigacha etib bora olmadik. Angliya penalti evaziga yutgan bo'lsa ham, bahsda raqibidan kuchliroq bo'lganini tan olish kerak.
Ammo mana bunday penalti evaziga finalga chiqish hatto angliyaliklarni ham qanoatlantirmagani aniq. Finalda bunday vaziyat tufayli g'olib nomiga oydinlik kiritilmaydi deb umid qilamiz.
11-iyul kuni "Uembli"da Angliya - Italiya bahsida Evropa chempionini aniqlaymiz.
Hasan Turdialiev
Manba: https://t.me/Turdialiyev_Hasan
Bosh sahifaga
183