Evro-2020. Qo'shimcha taymlargacha davom etgan uchrashuvda Angliya final yo'llanmasiga ega chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Evropa chempionatining ikkinchi yarim final uchrashuvi yakunlandi. Final yo'llanmasi uchun Angliya va Daniya terma jamoalari kurash olib bordi. Uchrashuvning asosiy daqiqalari 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi va g'olib nomini aniqlash uchun ekstra taymlarga murojaat qilindi. Qo'shimcha daqiqalarning 104 daqiqasida Angliya penalti tepish imkoniyatiga ega. Mazkur jarima zarbani inglizlar hujumchisi Harri Keyn amalga oshirdi, ammo futbolchining zarbasini daniyaliklar kiperi Kasper Shmeyxel to'sib qoldi. Lekin, qaytgan to'pga Keynning o'zi yana zarba berdi va gol urdi. Mazkur gol Angliyaga final chiptasini qo'lga kiritish uchun etarli bo'ldi.
Angliya – Daniya 2:1
«Uembli»
Gollar: 0:1 – 30 Damsgor, 1:1 – 39, avtogol Ker, 2:1 – 104 Keyn.
Angliya – Pikford, Stounz, Uoker, Shou, Maguayr, Saka (Grilish, 69; Tripper, 105), Rays (Xenderson, 95), Maunt (Foden, 95), Fillips, Sterling, Keyn.
Daniya – Shmeyxel, Larsen (Vass, 67), Vestergor (Vind, 105), Ker, Mele, Xeyberg, Dileyni (Yensen, 88), Damsgor (Poulsen, 67), Kristensen (Andersen, 79), Breytueyt, Dolberg (Nergor, 67).
Ogohlantirishlar: Maguayr (49), Vass (72).

Bosh sahifaga
165