Lokatelli «Arsenal»dan ko'ra, «Yuve»ga o'tishni xohlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

«Sassuolo» futbolchisi Manuel Lokatelli yangi mavsumni boshqa jamoa safida davom ettirishi mumkin. Ayni paytda italiyalik futbolchiga ikkita klub jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bular — «Yuventus» va «Arsenal». Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, London klubiga qaraganda, «Yuve»da Lokatellini sotib olish imkoniyati yuqoriroq. Sababi, futbolchining o'zi «keksa sinora» safida o'ynashni xohlamoqda. Shuning uchun, «Arsenal» varianti faqatgina, Turin klubi va «Sassuolo» o'rtasida kelishuvga ijobiy yakunlanmasa, ko'rib chiqiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
161