Manchini: «Ispaniyaning o'yiniga moslashishimizga to'g'ri keldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Evropa chempionatining yarim final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan Ispaniyaga qarshi o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Penaltilar seriyasi — bu shafqatsizlik. O'yin og'ir kechdi, boisi, Ispaniya — ajoyib jamoa. Biz o'zimizga xos o'yinni namoyish eta olmadik, ammo jiddiy harakat qildik. Ispaniyaliklar to'pni nazorat qilish bo'yicha mahorat egasi hisoblanishadi, biz ularning o'yiniga moslashishimizga to'g'ri keldi. Har ikkala jamoada imkoniyatlar yuzaga keldi. Biz esa sabr qilishimizga to'g'ri keldi. Finalga chiqishni juda ham istagandik. O'z maqsadimizga erishdik", - dedi Manchini.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272