"Barselona" Grizmann va Dembele tufayli jiddiy muammoga duch kelishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

"Barselona" homiysi bo'lgan Rakuten asoschisi Xiroshi Mikitani katalon klubining frantsuz futbolchilari Antuan Grizmann va Usmon Dembele bilan bo'lgan irqchilik mojarosiga izoh berdi.
"Barselona" homiysi sifatida men jamoa futbolchilari o'zlariga bunday bayonotlarga yo'l qo'yganidan afsusdaman. Bu Rakuten "Barselona"ga homiy bo'lganidan beri qabul qilinishi mumkin emas. Biz bu borada ularning fikrlarini bilish uchun klub rahbariyatiga norozilik bildiramiz", deb yozdi Mikitani tvitterda.
Eslatib o'tamiz, Dembele va Grizmann ishtirokidagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. Kadrlarda futbolchilar mehmonxonadagi xonada televizorlarini tuzatayotgan osiyolik ishchilarni haqorat qilayotgani aks etgan.
Manba: soccernews.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
188