«Inter» himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

«Inter» rasmiy sayti xabariga ko'ra klub universal himoyachi Aleksandar Kolarov bilan shartnomani uzaytirdi.
«Nerradzurilar» 35 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishganligini e'lon qildi. Unga ko'ra yangi bitim 2022 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Eslatib o'tamiz, serbiyalik himoyachi o'tgan yilning sentyabr oyida «Inter»ga o'tgan edi. May oyining o'rtalarida esa u belidan operatsiyani boshdan o'tkazdi.
A Seriyaning so'nggi mavsumida Kolarov ettita uchrashuv o'tkazdi va ularda bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250