So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Metallurg" o'z safiga Rossiyada o'ynagan futbolchini qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98
5 iyuldan e'tiboran O'zbekiston professional futbol ligasi yozgi transfer oynasini ochdi. Mazkur jarayon shu oyning so'nggi kunigacha davom etadi.
«Birinchi davra mobaynida bir qator o'yinchilari – Nikita Pavlenko, Evgeniy Makeev, Evgeniy Chumak va Andrey Shipilov bilan xayrlashgan «Metallurg» klubi o'z safini kuchaytirishni boshladi. Bekobod klubi yozgi transfer oynasining birinchi kuniyoq yangi o'yinchilarni o'z safiga qo'shib oldi. Bular «Bunyodkor» futbolchisi Ibrohim Ibragimov hamda Rossiyaning «Nefteximik» klubining o'zbekistonlik o'yinchisi Bobur Davlatov», - deya yozadi klub rasmiy sayti.
Shuningdek, ikki nafar o'yinchi ijaradan ortga qaytgan. Birinchi davrani «Andijon»da o'tkazgan Muhammad Isaev va «Neftchi»da faoliyat yuritgan Xudoyshukur Sattorovlar ham qadrdon jamoasiga qaytgan.
Ma'lumot uchun, «Metallurg» Superliga 12-turidan keyin 16 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.