Fakt! Evro-2020 chechmpioni safida albatta «Chelsi» o'yinchisi bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

Evropa chempionatida bugundan yarim final bahslari boshlanadi. E'tiborli tomoni, yarim finalga etib kelgan 4ta jamoaning har bir birida "Chelsi" klubining bir yoki bir necha nafar futbolchisi bor.
Ular:
Angliya terma jamoasi safida Meyson Maunt va Ben Chiluell;
Ispaniya milliy jamoasi tarkibida Sesar Aspilikueta;
"Skuadra adzurra" safida Jorjino va Emerson;
Daniya safida esa — Andreas Kristensen.
Shu tariqa, Evropa chempionligini qaysi jamoa qo'lga kiritishidan qat'i nazar uning safida albatta "Chelsi" a'zosi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, mavsum-2020/2021da "aristokratlar" Evropa chempionlar ligasi sovrinini qo'lga kiritishgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225