So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Holand takrorlanmas individ sifatida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176
Erling Holand bolaligidan otasi o'ynagan klubda to'p tepishni orzu qilgan. 2000 yillarning boshida uning otasi Alf-Ing Holand Angliyaning «Lids» klubi sharafini himoya qilgan edi. U mashhurlikka erisha olmagan bo'lsa ham professional faoliyatida Angliya klubida o'z o'rniga ega bo'lgan futbolchilardan bo'lgan.
Lekin u bilan bog'liq xotiralar odamlar shu'ridan tezda o'chib ketdi. Bugun otasi orzu qilgan shuhratli damlar o'g'liga nasib etmoqda. Alf Ingning o'g'li Erling Holand Evropadagi eng kuchli hujumchilardan biriga aylandi. Uni super klublar, jumladan, «Chelsi» ham qo'lga kirtishga intilmoqda.
«Borustsia Dortmund» hujumchisi endigina 20 yoshda va kelajagi porloqligi ko'plab mutaxassislar tomonidan bashorat qilinadi. U 2020 yilda «RB Zaltsburg»dan 18 million funtga transfer bo'lgandan beri futbol ommasini hayratlantirishda davom etmoqda. Holand bir yarim mavsum davomida umumiy 59 ta o'yinda maydonga tushib, 57 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Bunday sermahsul natijaga manaman degan hujumchilar erishishni orzu qilishadi. Nemis klubi uning xizmatlariga qiziqish bildirayotgan jamoalar uchun 100 million evrodan kam narx belgilamasligini ma'lum qilgan. Uning fantastik o'yinlaridan — Augsburgga qarshi bahsni eslashning o'zi etarli. O'shanda u ikkinchi bo'limda maydonga tushib, 23 daqiqa ichida xet-trik muallifiga aylangan edi. U bugunga kelib «Dortmund» tarixiga debyut o'yindayoq 3 ta gol urgan futbolchi sifatida kirgan. Bu natijani oldin faqatgina P.E.Obameyang qayd eta olgan, xolos.
Holland 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionatida ham hayratlanarli natijalarga erisha olgan. O'shanda Gondurasga qarshi bir o'yinda bir o'zi to'qqizta gol urishga muvaffaq bo'lgandi.
Albatta, u halihamon o'sishda davom etishi lozim. Lekin uning tashqi ko'rinishi buni mutlaqo aksini beradi, ya'ni yoshiga qaraganda ancha katta ko'rinadi. 1,94 m bo'lgan gigant strayker Yorkshir shahrida tavvalud topgan va o'z tengdoshlari orasida doimo eng yirik jussali ko'rinishga ega bo'lgan. Uning to'p bilan muomala qilishi dastlab «MYu» murabbiyi Sulsherning e'tiborini tortgan edi. O'sha paytda Sulsher «Myolde» klubida ishlar, Holand esa ushbu klub yoshlar jamoasi tarkibida to'p surardi. Bu haqda bir intervyuda Shulsher shunday fikr bildiradi: «U (Holland) kelajakda aniq etakchiga aylanishini tahmin qilgandim va shunday bo'ldi. U menga Lukakuning o'yin uslubini eslatardi».
Tahminan shu o'sha yoshda Lukaku ham Premer Ligaga, «Chelsi»ga kelib qo'shilgandi. Sulsher Holandni ham Angliyaga ko'chib o'tishidan umidvor. Holandning o'zi esa bolaligidan orzu qilib kelgan otasining klubi, «Lids Yunayted» tarkibida to'p surishni orzu qilgan. Hatto hozir ham bir kun kelib bu orzusiga etishni niyat qilganini yashirib o'tirmaydi.
Jaloliddin ISMATOV tayyorladi