Mikel Oyarsabal: "O'z futbolimizga ishonishimiz kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

"Real Sosedad" va Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Mikel Oyarsabal Evro-2020 yarim finali doirasidagi Italiya terma jamoasiga qarshi o'yin haqida gapirib o'tdi.
"Biz qo'limizdan kelgancha o'ynaganimizda, har qanday jamoani mag'lub etishimiz mumkin. Faqat o'z futbolimizga ishonishimiz kerak. Italiyada ajoyib futbolchilar bor, bu juda qiyin bo'ladi. Ular o'zlarining darajalarini namoyish etishdi va biz ular muvaffaqiyat to'lqini ustida ekanliklarini bilamiz. Biroq, xuddi shu narsa bizga ham tegishli", - dedi futbolchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211