So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Futbolchi avval tibbiy ko'rikdan o'tadi, keyin shartnoma imzolanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18373

2019 yilgi mavsum uchun litsenziyalash talablarida futbol klublari markazlashgan tibbiy ko'rikdan o'tishlari belgilab qo'yilgan. Professional futbol ligasi tibbiy xulosalar asosida futbolchiga o'z ligalarida o'ynash huquqini taqdim etadi.
Shu vaqtga qadar legioner futbolchilar bilan avval shartnoma tuzilgan va shundan keyingina ular tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan. Endi esa shuning aksi bo'ladi. Superliga va Pro-ligalarning biror klubi legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lsa, avval ularni rasman tibbiy ko'rikdan o'tkazadi. Keyin esa shuning xulosasi asosida shartnoma imzolaydi. Mahalliy futbolchilar bilan masala ham shu yo'sinda hal etiladi.
Legioner futbolchilar uchun qo'yiladigan talablar tez kunlarda e'lon qilinadi. PFL tomonidan qo'yilgan litsenziyalash talablari bajarilmasa, futbol klublari legionerlar xizmatidan foydalana olmaydi. Legioner futbolchilar limit Superliga va Pro-Liga A uchun 4+1 ko'rinishida bo'ladi.