Diyor Imomxo'jaev: "Yaxshi va sifatli translyatsiya juda katta mablag' talab qiladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

PFL direktori Diyor Imomxo'jaev O'zbekiston chempionati translyatsiyasida erishilgan yutuqlar va kamchiliklar borasida o'z telegram kanalida fikr bildirdi.
- Futbol uchrashuvlarini translyatsiya qilayotganlarni tanqid qilish mumkin. Ammo savolni boshqacharoq qo'yish taklifini bergan bo'lardim.
Men bilgan kamerachilar, rejissyorlar bir necha yillardan buyon faoliyat olib boradi. Bir necha yillardan buyon yo yomg'ir ostida yoki quyosh nurida mehnat qiladi. Lekin ularning saviya va mahoratini oshirish uchun qanday ishlar qilindi? Ularga xorijiy telekanallar va translyatsiyalarni o'rganish, fikr almashish imkoniyati yaratildimi? Futbol uchrashuvlarini namoyish qilayotgan ko'chma televizion stantsiyalar qachon xarid qilingan, bugun biz qaysi texnika bilan ishlayapmiz va jahon nimani afzal bilyapti? Bitta uchrashuvda nechta kameradan ishlashga imkonimiz bor?
Yaxshi va sifatli translyatsiya juda katta mablag' talab qiladi. Bizda KTSlar soni sanoqli, kattaroq bayram yoki tadbir tashkil etilsa, futbol avtomatik ravishda uchinchi yoki to'rtinchi planga tushadi va bu normal holat. Chunki texnikalar soni chegaralangan. Hozirgi sharoitda translyatsiyalar ham, VAR ham haminqadar tizimda ishlayapti, biz hammadan ortda qolib ketmaslik harakatidamiz. Hammaga etib olish yoki ulardan o'tish uchun kamida Qatar sarflayotgan pullarga ega bo'lishimiz kerak. Kechirasiz-u, biz bunga tayyor emasmiz. Biz shu davrda tizimli muammolarimizni birgalikda tan olib, havaskorlar rejimiga tushishdan iymanmay, shu yo'l orqali to'g'ri yo'nalishga o'tib olishimiz kerak, deydi Imomxo'jaev telegramdagi shaxsiy sahifasida.
Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Bosh sahifaga
136