So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbek bokschilari Tokioga yo'l olishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139
Yana 19 kundan so'ng Yaponiya poytaxti Tokio shahrida uzoq kutilgan Olimpiya o'yinlari start oladi.
Musobaqada qatnashadigan o'zbekistonlik bokschilar an'anaga ko'ra, tayyorgarlikning so'nggi bosqichini musobaqa o'tkaziladigan manzil - Yaponiyaning o'zida olib borishadi.
Marat Qurbonov boshchiligidagi charm qo'lqop ustalarimiz birozdan so'ng Toshkent xalqaro aeroportidan Yaponiyaga parvoz qilishadi. Bokschilarimiz uchta tarkib bilan Tokioning o'zida tayyorgarlikni olib borishadi.
Bokschilarimiz bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kuzatib qo'yildi. Ularga aeroportda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, shuningdek O'zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev ham omad tilashdi.
Eslatib o'tamiz, o'zbek bokschilari Tokiodagi Olimpiya o'yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etishadi:
Erkaklar:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshod Ro'zmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov
Ayollar:
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: Shahnoza Yunusova
Ma'lumot uchun, Tokio Olimpiadasida boks bahslari 24 iyul kuni start oladi.
O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati