Insine Evrodagi ijobiy o'yinlari evaziga grand jamoalar qiziqish markaziga tushgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

Italiya matbuotining yozishicha, «Napoli» futbolchisi Lorentso Insine Evrodagi ajoyib o'yinidan so'ng klubini o'zgartirish ehtimoli bor. Lorentso hali ham rahbariyat bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.
Futbolchi maoshini sezilarli darajada yaxshilashlarini kutmoqda. Ayni paytda Neapolda uning maoshi yiliga 4,3 million evroni tashkil qiladi.
Angliya va Ispaniyadagi klublar esa unga bundanda ko'proq to'lashga tayyor. Gap «Barselona» va «Tottenxem» haqida ketmoqda.
Ma'lumot uchun, Insine klubi safidagi so'nggi mavsumida 19 ta gol urib, 11 ta golli pasni amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
154