Rasman! "Surxon" bosh murabbiyi o'z lavozimini tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

"Surxon" jamoasi bosh murabbiy Rifat Akramxo'jaev oilaviy muammolar sabab, o'z arizasiga ko'ra jamoani tark etmoqchiligi to'g'risida ariza qoldirgan edi va ushbu ariza klub rahbarlari tomonidan qanoatlantirildi, deb xabar bermoqda "Surxon" klub matbuot xizmati.
Shuningdek, shu kunlarda "Surxon" jamoasi yangi bosh murabbiy variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Yangi bosh murabbiy e'lon qilingunga qadar jamoani birinchi davra so'ngi turi va ikkinchi davraga katta murabbiy Rustam Aripov va texnik direktor Bahrom Haydarovlar tayyorlab boradi.
Transfer oynasi vaqtida ham selektsiya ishlari olib borilishi va har bir chiziq kuchaytirilishi rejalashtirilgan, deb qo'shimcha qilinadi klub bayonotida.
Manba: "Surxon" matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
157