Bahrom Haydarov: «Birinchi davradagi eng yomon o'yinimiz bo'ldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Superliganing 12-turidan o'rin olgan «Surxon» - «Bunyodkor» (1:5) uchrashuvidan keyin nominal mezbonlar ustozi Bahrom Haydarov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugun birinchi davradagi eng yomon o'yinimiz bo'ldi. Raqibga vaziyatlardan foydalanishga qo'yib berdik. To'g'ri, futbolchilar ochko olishga va g'alaba qozonishga harakat qildi, biroq bunday engil munosabatda bo'lish kerak emas. Yigitlar bilan gaplashib olamiz. Bugungi mag'lubiyat uchun Surxon ahlidan uzr so'rayman!
Albatta, davralar oralig'ida o'zgarish qilmasak bo'lmaydi, tarkibni kuchaytirish kerak. Ayni vaqtda bir necha o'yinchilar bilan muzokara o'tkazilmoqda. Tarkibni kuchaytirmasak qiyin bo'ladi. Moliyaviy muammolar hamma jamoalarda bo'lgani kabi, juda yomon holatda emasmiz. Holat bugungidek mag'lubiyatga mos emas. Oyliklar berilyapti. Stadion projektorlari bo'yicha ish olib borilyapti. Umid qilamizki, ikkinchi davrada o'z uyimizda o'ynimiz.
Manba: "Bunyodkor" matbuot xizmati
Bosh sahifaga
161