"Yuventus" APL klubi taklifini rad etgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

Tuttosport nashri xabariga ko'ra, Londonning "Arsenal" klubi Frantsiya terma jamoasi va "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Raboni sotib olishga urinib ko'rgan.
Manba xabariga ko'ra, Turin klubi ingliz klubining taklifini rad etgan. Qayd etilishicha, "Yuventus"ning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Raboni asosiy tarkibda o'ynatishni rejalashtirmoqda.
O'tgan mavsumda Rabo "Yuve" tarkibida barcha turnirlarda 47 ta o'yin o'tkazgan, ularda 5 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
155