A Seriya futbolchisi "Atletiko"ga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

"Udineze" yarim himoyachisi Rodrigo de Paul "Atletiko"ga o'tishga yaqin turibdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "matraschilar" 27 yoshli argentinalik futbolchini 35 million evro evaziga transfer qilishga rozi.
Klub futbolchining o'zi bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Ushbu transfer rasmiy ravishda Amerika kubogidan so'ng e'lon qilinadi.
O'tgan mavsumda de Paul 38 o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 9 ta golli pas berishga erishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
151